Murakkab muammoga duch kelib, yechim topolmay turibsizmi?
Muammoga — teskari tomondan yechim bering.
Masalan
"Qanday qilib darsni yaxshiroq oʻtsam ekan", deb emas, balki "Nima qilsam oʻquvchilarga kamroq zararim tegadi", desangiz osonroq yechim topasiz.
Boshqa misollar:
Ertalab erta turish uchun nima qilsam ekan? ❌
Ertalab erta turishimga xalaqit beruvchi nimani qilmasam ekan? ✅
Kunimni qanday barakali oʻtkazsam ekan? ❌
Barakamni uchiradigan qanday amallarni bajarmasam ekan? ✅
Nima ish qilsam ekan? ❌
Nima ish qilmasam ekan? ✅
Nimalarni yoqtiraman oʻzi? ❌
Nimalarni yoqtirmayman oʻzi? ✅
Qanday inson bilan turmush qursam ekan? ❌
Qanday inson bilan turmush qurmasam ekan? ✅
Qanday kasb tanlasam ekan? ❌
Qanday kasb tanlamasam ekan? ✅
Chunki inson oʻziga foydali mashgʻulotlardan koʻra, zaralisini yaxshiroq biladi.
Senda qanday misollar bor, izohlarda yozib qoldir.