Uch soʻzdan olingan ayrim hikmatlar:

1. Koʻzgu sizni ayblaringizni faqat sizga koʻrsatadi, boshqalarga koʻrsatmaydi

2. Sof oyna yuzdagi kamchiliklarni aytadi

3. Kir koʻzgu aslingizni koʻrsatmaydi (Ichi qora birodaringiz haqiqatni yuzingizga aytmaydi)

4. Koʻzgu odamdagi goʻzalliklarni ham koʻrsatadi (Doʻstingizning yaxshi jihatlarini ham koʻra biling)

5. Qancha yaqin kelsangiz shuncha tiniq koʻrsatadi

6. Oʻzingizning manfaatingiz uchun siz ham koʻzguni tozalab turishingiz kerak

7. Koʻzgu nimani koʻrsatsa ranjimaslik kerak

8. Yaxshi koʻzgu qimmat turadi

9. Qancha yaqin kelsangiz — u ham sizga yaqinlashadi

10. Qancha uzoqlashsangiz — u ham uzoqlashadi

11. Koʻzgu sizga oʻzingiz sezmagan xislatlaringizni koʻrsata oladi

Eng muhimi

Koʻzguni oʻzgartirishning birdan bir yoʻli — oʻzingizni oʻzgartirish!