Krokodil kiyikni boʻynidan siqadi-yu, suvga olib kirib ketadi.

Chetdan turib — uni beshavqat deb malomat qilamiz.

Aslida, och bolalari uchun ovga chiqqanini koʻrmaymiz.

Kiyikka achinamiz, krokodilga esa yoʻq.

Chunki: suv ostidagi hayotdan bexabarmiz.

Krokodilni ayblagandek — odamlarni ham tanqid qilamiz:

Nega unaqasan? Nega jahldorsan? Nega dovdiraysan? Nega zoʻravonlik qilasan? Nega boshqalarga oʻxshamaysan?

Quruqlikda koʻramiz-u, suv osti — oilaviy hayotidan xabarimiz yoʻq:

Balki mehr koʻrmagandir? Balki qiynalgandir? Balki oilaviy muammosi bordir? Balki unga vaqt ajratishmagandir? — qiziqmaymiz.

Xullas, nima demoqchiman?

Suv ostini koʻrmasdan turib — suv ustiga xulosa bermang.