1. Katta Bobom — Mirzaxmad doda. Qarindoshlarimizni hisoblasak: ikki mahalla Mirzaxmedovlar chiqadi.
2. Hozirgi mahallamda koʻpchilik — Tashmatov. Aytishlaricha, bu yerlarni Toshmat aka oʻzlashtirganlar.
3. Millionlab yahudiylar Yaqub alayhissalomning oʻgʻli — Yahudodan tarqagan.
4. Afsonaga koʻra Rimga aka-uka Rim va Romul asos solgan.
5. Sariq Imperator — Huangdi xitoyliklarning ilk ajdodi degan farazlar bor.
6. Nuh alayhissalomning 3 oʻgʻli: biri — Osiyo; ikkinchisi — Afrika; uchinchisi — Yevropa xalqlariga asos solgani keltiriladi.
7. Dunyodagi 8 milliard aholi bir ota-ona: Odam (a.s) va Momo Havodan tarqagan.
Misollar har-xil mohiyat bir — jamiyat ikki insondan iborat.
Nima demoqchiman?
Biz dars berayotgan oʻquvchilarimizdan — urugʻ, mahalla va davlatlar vujudga keladi.
Darsga kirganda yodingizda tuting:
Siz sinfga emas, insoniyatga dars beryapsiz..