1. Oʻtmish doʻstlari. Masalan — koʻp yillab birga vaqt oʻtkazgan sinfdoshlaringiz.

Koʻrishganingizda doimo "Esingdami... esingdami ", deb oʻtmishni eslaysiz.

Ammo ularning kelajagingizga foydasi yoʻq.

2. Oilaviy doʻstlar. Bu insonlar bilan butun oila bilan bordi keldi qilinadi.

Ammo ular ajoyib sirdoshlar emas.

3. Qutqaruvchi doʻstlar. Doimo sizni qiyin vaziyatingizda yordam beruvchi doʻstlar.

Muammo, ular quvnoq emas. Ular bilan vaqt oʻtkazish zerikarli.

4. Xobbidosh doʻstlar. Siz bilan hobbilari bir boʻlgan insonlar.

Ikkingiz ham xobbilaringiz (futbol, kompyuter va hkz) lar ustida koʻrishasiz.

Muammo — xobbiʼingizni tark etsangiz, ular ham sizni tark etishadi.

5. Eng xavfli doʻstlar toifasi – xushchaqchaqlik doʻstlari (bayram, toʻy tomosha doʻstlari).

Siz bilan vaqtni chogʻ oʻtkazuvchi doʻstlar.

Ular bilan vaqt qanday oʻtganini bilmaysiz.

Ammo boshingizga musibat tushishi bilanoq ular sizni tashlab, yengillik tomonga ketishadi.

Eng xatarli tarafi koʻplar ularni chin doʻst deb oʻylashadi.

6. Jonkuyar doʻstlar. Ular oldida siz oʻz kamchiliklaringiz va orzu umidlaringizni bemalol ayta olasiz.

Ular hech qachon sizga hasad qilishmaydi. Yutuqlaringizdan quvonishadi.

Lekin ular bilan biznes qilish tavsiya qilinmaydi.

Rivojlanishinshizga katta hissa qoʻshishmaydi.

7. Eng ajoyib doʻstlar turi — dunyoqarashi bir boʻlgan doʻstlar.

Ular biznesga ajoyib sherikdirlar.

Ular sizni, siz ularni doimo rivojlantirib borasiz.

Muammo — siz shaxsiy rivojlanishdan toʻxtashingiz bilan ular sizni tark etishadi.

———[Ideal doʻst yoʻq]———

Xobbi bilan shugʻullaning — xobbidosh doʻstlar, shaxsiy rivojlaning — rivojlanuvchi doʻstlar, bekorchi boʻling — bayram doʻstlari paydo boʻladi.

Hammasi sizga bogʻliq.

Post Margulan amaqining videosi asosida yozildi.