Kimga suyanay?

Doʻstlarimgami?

Manfaat boʻlganida tinmay yozsa?

Ishim tushganida yoʻq boʻlib qolsa?

Kimga suyanay?

Ustozlargami?

Men uchun vaqt ajratolmasa?

Menda zoʻri chiqqanida meni unutsa?

Kimga suyanay?

Ota-onamgami?

Oʻzi suyanchiqqa muhtoj boʻlsa?

Kuch-quvvatdan qolgan boʻlsa?

Kimga suyanay?

Rahbarimgami?

Yaxshi kunlarimda paxta qoʻysa?

Yaxshirogʻi chiqsa haydab yuborsa?

Kimga suyanay?

Prezidentgami?

Gʻalabamda otamga aylansa?

Magʻlub boʻlsam tashlab ketsa?

Yetar. Ojiz bandaga suyanmayman. Befoyda..

Oʻzigagina suyandim. Oʻziga tavakkul qildim. Suyanchiqlarning eng yaxshisi — Oʻzi!

Bas, yuz oʻgirib ketsalar, sen: «Menga Allohning Oʻzi yetarli. Undan oʻzga ibodatga sazovor Zot yoʻq, Unga tavakkal qildim, U ulugʻ arshning Robbisidir», – degin. (9:129)

03.08.2024

Toshkent. Oʻzbekiston.