Kitobni ancha vaqt avval sotib olgan edim, uzilishlar bilan bugun deyarli nihoyasiga yetkazdim.

Kitob muallifi, Amerikalik oʻqituvchi — Timoti Uoker kasbiy toliqish sababli nafaqat Amerika maktablaridan, balki umuman oʻqituvchilikdan koʻngli soviydi.

Ayoli fin boʻlgani sababli — taqdir taqozosi bilan Finlandiyaga koʻchib kelib, fin maktabiga ishga qabul qilinadi.

Yangi ish yeridagi muhitni koʻrib tamoman xayratda qoladi — barcha oʻqituvchilar xotirjam, oʻquvchilar erkin, barcha baxtli.

Finlandiya "Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi" (PISA) da eng yuqori natijalarni qayd etib kelishidan xabaringiz bor.

Ushbu kitobda muallif ushbu muvaffaqiyatning tag zamirini oʻrganib chiqib, barcha maktablarda qoʻllasa boʻladigan 33 ta tavsiya yozib qoldiradi.

P.S: Pedagogik dunyoqarashni shakllantirishga ajoyib kitob, ammo dars oʻtish uchun samarali metodikalar koʻp berilmagan.

Siz pedagogikaga oid qanday kitoblar tavsiya qila olasiz? Yozib qolding!