Dunyoga mashhur, barcha pedagoglar oʻqishi shart boʻlgan Doug Lemovning — "TEACH LIKE A CHAMPION" kitobidan olgan xulosalarimni birma-bir ulashib boraman

1-qoida "NO OPT OUT" — "VOZ KECHMANG"

Dars vaqtida baʼzi oʻquvchilar ulardan savol soʻralganda urinib koʻrmagan holda, osonlikcha «bilmayman» - deb javob berib qutuladi.

Shu bilan ustoz diqqatini boshqa talabalarga burib, «bilmasvoy» ni esidan chiqarib yuboradi.

Bilmasvoy uchun esa «bilmadim» - deb dangasalik bilan vaziyatdan chiqib ketish odat tusiga kiradi.

Chempion ustoz bunday holda Bilmasvoydan — voz kechmaydi!

Ular qanday yoʻl tutadi?

— Bilmasvoy 7 koʻpaytiruv 8 nechchi?

— Bilmayman!

— Gʻishmatboy sen aytchi 7 karra 8 nechchi?

— 56!

— Bilmasvoy eshitdingmi? 7 koʻpaytiruv 8 nechchi ekan?

Koʻrganingizdek chempion ustozlar "tishlagan joyini uzmaguncha" qoʻymaydi.

Endilikda nafaqat bilmasvoy, balki butun sinf oʻquvchilari ustoz ulardan "voz kechmas" ligini anglagan holda doimo harakatda boʻladilar.