Barbara Ouklining «Raqamlar uchun yaralgan idrok» kitobi — matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlarni tushunishga qiynaluvchilar uchun ajoyib qoʻllanma.

Kitobni oʻqib, maktab payti "sen matematikadan odam boʻlmaysan" - deb piching qilgan sinfdoshimning boshiga shu kitob bilan bir tushirgim keldi..

Yoshligida matematikani oʻlguday yomon koʻrgan — Barbara Ouklining asosiy sohasi rus tili mutaxassisi edi.

Ammo kareradagi muammolari uni aniq fanlar yoʻnalishida ishlashga majbur qiladi.

Matematikani oʻrganish va oʻrgatish yoʻlida oʻzi uchun kashf qilgan — turli hiylalar, masala yechish, tahlil va yodlashning turli usullari oʻquvchiga qoʻl kelishida shubha yoʻq.

Nafaqat matematika, balki barcha ustozlar va talabalar ushbu kitobdan:

- Oʻquvchilarning miyalari qanday ishlashi;

- dars qilishda samarali texnikalar;

- tasavvur kuchi va boshqa foydali maʼlumotlarni olishlari mumkin.

Blog davomida, kitobdan olgan xulosalarimni ulashib boraman..