Sharf bogʻlashni bilmasdim. 3 yil qiynaldim. Toʻgʻrirogʻi, oʻrganishga erindim.
Oxiri shundoq oʻtirdim-da, YouTubeʼda sharf bogʻlash boʻyicha video koʻrdim. Oʻrgandim.
Qancha vaqtim ketdi deb oʻylaysiz?
1 daqiqa-yu 37 soniya!
Eh, shuncha yil qiyshiq-qingʻir bogʻlab, oʻzimni qiynb yurgan vaqtimga achindim…
Oʻylab qarasam, nafaqat sharf, balki hayotimizning eng muhim jabhalarida ham shunday erinchoqmiz:
— Farzand tarbiyasiga kuniga ozgina vaqt sarflamaymiz, keyin yillab badalini toʻlaymiz;
— Sogʻligʻimizga kuniga yarim soat vaqt ajratmaymiz, keyin haftalab davolanamiz;
— Darsimizni yaxshilashga erinamiz, keyin maktabdan zerikib, boshqa ish qidirishga tushamiz.
Roʻyxat uzun..
Koʻp insonlar vaqt va energiyasini muammoni yechishga emas, uning atrofida aylanishga sarflaydi. Genri Ford
Xullas, nima demoqchiman?
Muammo bormi? Uni yechimi ham bor!
Kasal bormi? Davosi ham bor!
Izlaning. Erinmang!
Sizga uyga vazifa:
Erinib yurgan bir dona ishingizni oling-da, unga 5 daqiqa vaqt sarflang.
Natijasini izohda men bilan ulashing!