Tajribamdan bilib olganman: blog uchun yaxshi gʻoya qachon kelishi aniq.
Miyamdagi bor fikrlarni post qilib, ulashishim bilan — darrov yangi ilhom keladi.
Huddi toza havodan nafas olish uchun avval eskisini chiqarish kerak boʻlganidek.
Men tushunib olgan formula:
Yangi fikr kerakmi? — Eskilarini ulash.
Bu nafaqat blogda, balki hayotda ham ishlaydi:
1. Boy boʻlmoqchimisan? — mulk ulash;
2. Tajribali boʻlmoqchimisan? — tajriba ulash;
3. Ustoz qidiryapsanmi? — sen ham kimgadir ustozlik qil;
4. Ilmli boʻlmoqchimisan? — ilm ulash;
5. Sodiq doʻsting boʻlishini xohlaysanmi? — oʻzing sodiq doʻst boʻl;
6. Vaqt topmoqchimisan? — vaqtingni muhtojlarga ulash;
7. Eʼtibor kutyapsanmi? — eʼtibor ulash;
8. Quvonch istayapsanmi? — quvonch ulash;
9. Sevilmoqchimisan? — avval muhabbat ulash;
10. Hayoting oʻzgarishini istayapsanmi? — boshqalar hayotiga ijobiy taʼsir qil.
Misollar koʻp.
Xulosa esa bitta:
“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir” (Ar-Rahmon, 55:60)
Aytgancha, foydali postlar oʻqishni istasang, avval oʻzing ham foydali post ulash. Masalan shu postni..😉