Uyqu — bu shunchaki dam emas. Bu miya faoliyati, oʻrganish va sogʻliq uchun zaruriy jarayon.

Uyqu professori — Matthew Walker tahminan shunday deydi:

"Uyqudan foyda koʻrmaydigan birorta ham organ yoʻq. Buni 1000 dan ortiq tadqiqot isbotlagan."

Uyquning muhimligi haqida soatlab gaplashish mumkin.

Bizga kerakliroq mavzu:

Biz va farzandlarimiz yetarlicha uxlayapmizmi?

Faktlarga qarang:

NSF, 2014: 6–11 yoshdagi har 3 boladan 1 tasi 9 soatdan kam uxlaydi.

Britaniya, 2011: Har 3 kattadan 1 nafari 7 soatdan kam uxlashini aytgan.

2014: Bu koʻrsatkich 3/2 ga oshgan.

Germaniya va Yaponiya, 2013:

Nemislarning 3/1 qismi,

Yaponlarning 3/2 qismi hafta davomida kam uxlaydi.

Yaponiyada hattoki uyqusizlikka oid atama bor: «Inemuri» — surunkali uyqusizlik, charchoq sababli joyida uxlab qolish.

Afsuski, bu fidokorlik belgisi deb qabul qilinadi..

Qisqacha xulosa:

1. Uyqu hayot uchun muhim;

2. Biz va bolalarimiz yetarlicha uxlamayapmiz.

Endi savol:

Biz va bolalar oʻrtacha necha soat uxlashimiz kerak?

Javob — jadval shaklida.

Foydalandim:

“Why We Sleep” — Matthew Walker

You, Your Child, and School — Ken Robinson