Doʻstim — Ahmad chekardi.
Chekishni tashla desam:
"Uylansam tashlayman", derdi.
Uylandi. 4 yil oʻtdi. Hali ham tashlagani yoʻq..
Oʻzim uchun xulosa qilgandim:
Hozir oʻzgarmagan — keyin ham oʻzgarmaydi!
Nafsimni taftish qildim. Atrofga nazar soldim. Koʻplab "Ahmad"larni uchratdim.
Umumiy xulosam quyidagicha:
1. Hozir sport bilan shugʻullanish yoqmayaptimi? Keyin ham yoqmaydi;
2. Hozir sogʻliqqa vaqt topa olmayapsizmi? Keyin ham topish qiyin boʻladi;
3. Hozir kitob oʻqishga vaqtingiz yoʻqmi? Keyin ham boʻlmaydi;
4. Hozir farzand tarbiyasiga vaqt ajratmayapsizmi? Katta boʻlganida ham ajratishingiz mushkul;
5 Hozir ibodatga befarqmisiz? Keyinchalik ham qiyin boʻladi.
Roʻyxat uzun..
Qissadan hissa:
"Dushanbada boshlayman", "yangi yildan oʻzgaraman", "toʻydan keyin boshlayman", "taʼtilda oʻqib chiqaman" = shayton tuzogʻidir balki?
Ideal vaqt kutmang. Uni yarating!
Eng qulay vaqt hech qachon kelmaydi. Siz har doim yo juda yosh boʻlasiz, yo juda qari, yo juda band, yo juda toliqqan, yo yana biror narsa.
Agar siz doimo eng qulay vaqtni tanlash borasida tashvish qilsangiz, u vaqt hech qachon kelmaydi.
"Rework" kitobidan.