Ana shu nafs — ichimizdagi butxonadir.
Qaysi jihatimiz ojiz, notavon boʻlsa, u oʻsha tomondan hujumga oʻtib, bizning nozik nuqtalarimizdan koʻnglimizda but yasaiydi.
Kimningdir buti shon-shoʻxrat, mansab boʻlsa, yana boshqasining buti shahvatdir, kimningdir buti pul, baʼzilarning buti farzand yoki hayotdir.
Bularning bari nafsning sevgan narsalaridir. Bu narsalar Allohga xush keladigan xislatlardan ustun tutilsa, ana oʻsha eng katta gunohdir, jinoyatdir.
But bizning Allohga yuzlanishimizga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa, u holda bizlarni Undan uzoqlashtirgan har bir illatning nomi – butdir.
Toʻgʻri, biz butparast emasmiz, lekin bilingki, har bir insonning sigʻinadigan bir “buti” bor.
Kitobdan.