Har bir oʻqituvchi darsda zerikkan oʻquvchiga duch keladi:
Bola mudrashga tushadi yoki diqqatini boshqa narsaga qaratadi.
Bu holatga toʻgʻri yondashish uchun uning sabablarini tushunish kerak.
Kichik sinflarda bolalar hali uzoq vaqt diqqatini jamlay olmaydi, shuning uchun:
1. Oʻyinlardan foydalaning. Darsni jiddiy bayon qilish emas, qiziqarli va interaktiv tarzda oʻtkazish yaxshiroq natija beradi.
2. Koʻrgazmali vositalar qoʻllang. Rasmlar, videolar, jismlar orqali tushuntirilgan maʼlumot bolalar uchun ancha qiziq boʻladi.
3. Jismoniy faollikni unutmang. Dars oʻrtasida qisqa harakatlar qilish bolaning zehnini tetiklashtiradi. Har hafta yangi qoʻshiq yoki sheʼrlar bilan harakatlarni oʻzgartirish foydali boʻladi.
4. Sinf havosini toza saqlang. Dimiqqan xonada nafaqat bolalar, kattalar ham uyqusiray boshlaydi. Shuning uchun, tanaffuslarda xonani shamollatib turing.
Oʻrta va katta sinflarda oʻquvchilarni qiziqtirish uchun boshqacha usullar kerak:
1. Kreativ yondashing. Darsni qismlarga boʻlib, har bir qismida qiziqarli savol yoki noodatiy fakt keltiring.
2. Faol ishtirokni taʼminlang. Oʻquvchilarga savollar berish, ularning fikrini eshitish va bahs tashkil qilish muhim.
3. Fikr almashishga imkoniyat yarating. Monologlar zerikarli boʻlishi mumkin, shuning uchun oʻquvchilar bilan muloqot qiling. Har oy anonim soʻrov oʻtkazib, dars haqida fikrlarini bilib oling.
4. Kutilmagan uslublar qoʻllang:
• Savol oʻrniga javobni aytib, oʻquvchilardan unga mos savol tuzishni soʻrang;
• Tarixiy hodisalarni tabiat hodisalari bilan qiyoslab koʻring (masalan, qoʻzgʻolonni vulqon otilishi bilan);
• Noodatiy umumiyliklar qidiring (masalan, quyosh va gapning kesimi oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor?).
P.S. Jangga qurolsiz kirib boʻlmagandek, oʻqutuvchi diqqatni oʻziga qaytarib olishga xizmat qiluvi qiziqarli faktlar, hikmat va rivoyatlar, tarixiy va zamonaviy misollar toʻplamni yigʻib borgan maʼqul.
Vaqti joyi kelganda toʻplamdagi fakt va misollar darsga rang qoʻshadi, noodatiylik hosil qiladi, yakunda zerikishga qoʻymadi.
Ustoz kundaligi jamoasi (psixol. f. d. P.S. Ergashev ilmiy tahriri ostida)