1. Uchinchi tilim rus tilida dars oʻtish;

2. Notanish maktab;

3. Notanish muhit;

4. Men uchun yangi darslik;

5. Yangi oʻquvchilar.

Bir hafta oʻtdi.

— Natija qanday?

— Xudoga shukr, tirikman.

Yangi maktab, shoʻx oʻquvchilar, darslik men uchun muammo emas.

Eng qiyini — rus tilida dars oʻtish boʻldi. Chunki oʻrtacha bilaman. Talaffuzimda qoʻpol xatolar qilib turaman.

Qanday yengib oʻtdim?

Birinchi darsga kirishim bilan men chet elda ishlaganimni va ilgari koʻp muddat tarix darslarini ingliz tilida oʻtganimni aytib "maqtanib oldim".

Shu bilan kimda ingliz tilidan muammosi boʻlsa bemalol menga murojaat qilishini ham eslatib ketdim.

Ora-orada ingliz tilida ham gapirib oldim.

Bolalar: «Vaaav». 😅

Men esa bahonada oʻzimga boʻlgan ishonchimni oshirib oldim.

Yaxshi natija berdi:

Rus tilini oʻrtacha bilishim kamchiligim emas — fazilatimga aylandi.

Hozir rus tilini chuqur oʻrganyapman: kino, podkast, kitob, dars oʻtish.

Bir haftada ancha rivojlandim. Odam majbur boʻlsa nimalar qilmaydi)

Xullas, endi har kuni 10 - 20 daqiqa rus tilida onlayn muloqot qilishni yoʻlga qoʻymoqchiman.

Menga rus tilini biladigan hamrohlar kerak. Qiladigan ishingiz — shunchaki men bilan rus tilida suhbatlashish. Boʻldi.

Evaziga oʻzim oʻqiyotgan kitoblardan olgan yangiliklarimni siz bilan boʻlishaman. Foydali boʻladi.

Aloqaga chiqing: @light_upon_light2