Maktabning eng shoʻx guruhiga sinf rahbar boʻlib tayinladim.

Guruhni boshqarish juda qiyin, baʼzi oʻquvchilari oʻta quloqsiz.

Baʼzi kunlar oʻquvchilarimni deb 3-4 martalab rahbariyat xonasiga kirishimga toʻgʻri kelardi.

Hamkasblarim: "Yaxshi ham shu sinfga kurator emasman", deb menga achinib qoʻyishardi.

2 oy oʻtdi — hammasi oʻzgardi.

Sinfim bilan koʻp vaqt oʻtkazganim uchun — ularni normal qabul qilishni boshladim.

Normal qabul qilish = yaqinlashishga

Yaqinlik = boshqarishni osonlashishiga sababchi boʻldi.

Qolaversa, eng quloqsizlarini ham «nuqtalarini» topishga erishdim.

Darslarim maroqli mashgʻulotga aylandi.

Charchamasdim — aksincha, energiya olardim.

Endi hamkasblarimni menga emas — meni hamkasblarimga rahmim keladigan boʻlib qoldi.

Oʻylab qarasam eng maza qilgan men ekanman:

2 oy qiynaldim — 8 oy rohatlandim.

Boshqalar esa 10 oy qiynaldi.

Xullas oʻzim guvohi boʻldim:

"Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir". (94:6)