Buyuk qudrat — buyuk masʼuliyat bilan keladi (oʻrgimchak odam filmidan)
Demak
Katta qudrat = Katta masʼuliyat
Katta masʼuliyat = Katta qudrat degani
Yaʼni
Biz masʼuliyatni qancha ustun qoʻysak — shuncha kuchga ega boʻlamiz
Shunday ekan:
• Ayb darsda telefon oʻynab oʻtirgan oʻquvchida emas — biz darsga qiziqtira olmadik
• Majlisiga ota-onalar kelmadi degani ular farzandiga eʼtiborsiz emas — biz chaqira olmadik
• Oʻquvchilar itoatsiz emas — biz itoatgoʻylikda namuna boʻla olmadik
• Raxbariyat pul ajratmaydi emas — biz soʻray olmadik
• Fanimiz zerikarli emas — biz uni qiziqarli oʻtolmadik
• Bolalar tarbiyasiz emas — biz ularga tarbiyada namuna boʻlolmadik
• Darslik eskirgan emas — biz izlanib, yangiliklar kiritolmadik
Masʼuliyatni olar ekansiz — xatolaringizni koʻrishni boshlaysiz
Koʻrar ekansiz — tuzatishni boshlaysiz
Tuzatar ekansiz — rivojlanishni boshlaysiz
Rivojlanar ekansiz — oʻzgarasiz
Oʻzgarar ekansiz — eʼtiborga tushishni boshlaysiz
Eʼtiborda ekansiz — yana oʻz ustingizda ishlashga harakat qilasiz
Qarabsizki, bu jarayon sizni eng kamida oʻz xududingizdagi eng kuchli ustozga aylantiradi!
Qissadan hissa:
Masʼuliyatni oling — boy boʻling!
P.S: Barcha muammoga siz aybdorsiz deyishdan yiroqmiz. Hayotimizdagi baʼzi bir sinovlar oldida ojizmiz.
Postdan maqsad — oʻzgalarni ayblash kasalligidan xalos boʻlib, masʼuliyatni olishni oʻrganish.