Bir yili yangi maktabga ishga kirgandim. Hamkasblarim ham koʻpi yangi edi. Ustiga ustak kuratorlikni ham berib qoʻyishgan.
Oʻquv yilining 2-haftasidanoq ota-onalar majlisi belgilab qoʻyilgandi.
Biz xayronmiz. Hali bolalar u yoqda tursin, oʻzimizning kim ekanligimizni ham bilmaymiz, ota-onalar majlisida bolalar haqida nima deymiz? Endi ikki hafta boʻlgan boʻlsa...
Bir hamkasbimiz aytib qoludi — hamma bolalarga tushadigan “dejurniy” gap bilan chiqib ketamiz:
Farzandingizda potensial bor, faqat ozgina koʻproq harakat qilishi kerak. 😅