1. Reja, avvaldan oʻylangan taktikaning yoʻqligi (oʻquvchi va ota-onada betartiblik, tashkillashmaganlik yoqimsiz taassurotini uygʻotib qoʻyadi).
2. Oʻzini taqdimot qilishga berilib ketish (sinov darsida maksimal darajada oʻquvchini va uning muammosini tinglashga harakat qilish kerak).
3. Doʻstona kayfiyat yetishmasligi, oʻta sovuqqon va jahldor, meʼyordan ortiq talabchan koʻrinib qolish (oʻquvchilar bilan emotsional aloqa oʻrnatilmasligiga olib keladi).
4. Oʻta bilimdon va foydali koʻrinish uchun birdan hamma narsani berishga intilish (oʻquvchining boshi "ishib", koʻp narsani chala-chulpa eslab qolib, toʻyinib ketishi roʻy beradi).
5. Qaytar aloqaga eʼtiborsizlik va oʻquvchilar bilan ishlash rejasini yoritib bermaslik (ota-onalarda bu yerda ularning bolasi bilan belgilangan vaqt ichida aynan foydali nima qilishmoqchi ekani toʻgʻrisida aniq tasavvur shakllanmay qoladi).
Muhimi, ortiqcha hayajonlanmaslik, axir toʻgʻrisini aytganda aksariyat oʻzi sinov darsi aynan qanday oʻtilishi kerakligi, uning shabloni bor-yoʻqligini bilmaydi ham, bor mahoratingiz va mehringiz bilan qanday oʻtsangiz, "ha, shunaqa boʻlarkan-da...", deb oʻylanadi 😊.
Asosiysi, "Azizlar, men aynan sizlarga kerak ustozman, guruhimda sizni koʻrib turganimdan xursandman, xush kayfiyat bilan marra tomon olgʻa...", degan taassurotni uygʻota olsangiz, marra sizniki 😉...
Postni ulashib qoʻying!
Ustoz kundaligi jamoasi (psixol. f. d. P.S. Ergashev ilmiy tahriri ostida)