Maktab oʻquvchisiman. Huquq darsi. Doskaga chiqib uyga vazifa topshirdim.

Mendan keyin sinfdoshim – Dildora chiqdi. U ham topshirdi.

Tayyorgarligimiz, uyga vazifamiz, gapirishimiz – bir, ammo bahoyimiz har xil edi:

Men – 3, u esa 5 olgandi!

Vaziyatni keyin tushundim: tinmay futbol oʻynashim, shoʻxligim, urushqoqligim sababli ustozga yomon koʻrinib qolganman.

Dildora esa odobli edi.

Ustoz, menga qop-qora, Dildoraga esa oppoq koʻzoynak bilan qaragandi.

Baholar ham shu koʻzoynalar bilan qoʻyilgandi..

Ustozdan xafa boʻlishga hojat yoʻq. Miyamiz shunday ishlarkan:

Daniel Kahneman “Thinking Fast and Slow” kitobida shunga oʻxshash holatni keltiradi:

“Talabalarim 2 ta insho topshirardi. Birinchisini tekshirib, baho qoʻyardim. Ikkinchi insho bahosini avvalgi bahosiga qarab qoʻyardim. Oʻzim bilmagan holda noxolis baho qoʻyayotganimni sezib qoldim.

Keyin boshqa yoʻlini topdim: 1-insholarni tekshirib, uning bahosini koʻrinmaydigan joyiga yozardim. Keyin esa ikkinchi insholarni tekshirib, xolis baho qoʻyardim”.

Yuqoridagi noxolis fikrlashni olimlar “Halo effekti” deb nomlagan.

«Halo» — Quyosh atrofidagi nur boʻlib, insonlar koʻzida Quyoshni yanada kattaroq, haybatliroq koʻrinishiga sababchi boʻladi.

Yaʼni Quyoshni katta deb hisoblaymiz. Atrofidagi nur esa yanada kattalashtiradi.

Xuddi shunday, inson ongiga biror taassurot kirsa, u qolgan xulosalariga ham taʼsir oʻtkazadi:

Kimni yaxshi deb hisoblasa uni aslidanda yaxshiroq;

Aksincha yomon koʻrsa uni aslidanda yomonroq deb fikr qiladi.

Keyin esa shu noxolis fikrlashidan kelib chiqib vaziyatni baholaydi..

Buni yanada yaxshiroq tushunish uchun Solomon Aschning tadqiqotiga nazar solamiz.

Quyidagi ikki yigit haqida qanday fikr bildirgan boʻlardingiz?

Eshmat – aqlli, mehnatkash, oʻjar, hasadgoʻy bola.

Toshmat – hasadgoʻy, oʻjar, mehnatkash, aqlli bola.

Tadqiqot natijalariga koʻra, aksariyat odamlar Toshmatni yomonroq bola deb hisoblaydi.

Nega?

Chunki inson miyasiga kirgan birinchi fikr keyingi xulosalariga ham taʼsir qiladi. Eshmat haqida dastlab ijobiy sifatlar eshitiladi.

Toshmat esa salbiy sifatlar bilan boshlanadi. Shu sababli, birinchisi ijobiyroq qabul qilinadi, ikkinchisi esa salbiyroq.

Qissadan hissa:

Oʻquvchilaringiz haqida xulosa qilishga shoshilmang.

Siz yaxshi koʻrgan oʻquvchilar aslidanda yaxshi.

Koʻzingizga yomon koʻringanlar esa aslidanda yomonroq koʻrinishi mumkin.

Adolatli boʻling!

P.s: Universitetda birinchi kursda «5» ga oʻqiganman. Aʼlochi boʻlganman. Keyingi kurslarda, shuni sharofati bilan, oʻqimasamda baholarimni 5 ga yopganman. Maktabdagi holat bilan 1:1 boʻlgan. Hayot adolatli. 😂