2002 yilda AQSHning 11 sentyabr voqealaridan keyin gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab turish uchun tashkil etilgan.
BMT — Guantanamoni inson huquqlarini buzishda ayblaydi:
1. Mahbuslarning aksariyati sudsiz va ayblovsiz yillar davomida ushlab turilgan, bu AQSH Konstitutsiyasining 5-va 6-tuzatishlariga zid.
2. Mahbuslarga qarshi suvga choʻktirish, uzoq vaqt izolyatsiya qilish, uyqusizlik va ruhiy qiynoqlar qoʻllangan. Bu AQSH Konstitutsiyasining 8-tuzatishiga zid.
3. Ayrim mahbuslar advokat bilan uchrashish imkoniyatidan mahrum boʻlgan. Bu esa adolatli sud tamoyillariga zid.
4. Guantanamoda 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ham saqlangan. Bu esa bolalar huquqlari xalqaro shartnomalariga zid.
AQSH qonuniy javobgarlikdan qochish uchun hiyla ishlatadi:
Qamoqxonani atay — Kuba hududiga joylashtirgan. Shu bilan mahbuslarni AQSH qonunlaridan cheklaydi. Xohlaganini qiladi.
Bu kabi hiyla-nayranglarni koʻrib hech ham taajjubga tushmayman:
Tarbiyasiz taʼlim shunday oqibatlarga olib keladi..