Tadqiqotchi P. Agarval oʻrta maktab oʻquvchilari ustida tadqiqot oʻtkazadi:

Oʻquvchilarni shunchaki mavzuni qayta-qayta takrorlatish oʻrniga, ulardan har darsda 2-3 daqiqalik testlar olib boradi.

Testlar qachon olinadi?

1. Dars boshida. Hali oʻtilmagan, faqat uyga vazifa sifatida berilgan oʻqish materiallari asosida test olinadi. Bu orqali oʻquvchilar hali muhokama qilinmagan mavzularni eslashga urinadi.

2. Dars yakunida. Shu kuni oʻtilgan mavzu asosida test olinadi. Bu — eslab qolish va mustahkamlashga yordam beradi.

3. Imtihondan 24 soat oldin. Umumiy mavzular boʻyicha imtihondan 24 soat oldin yana bir bor test beriladi.

Test qay shaklda olinadi?

1. Atigi 2-3 daqiqa vaqt sarflanadi (dars vaqtidagi testlar uchun);

2. Testlar slayd orqali a, b, s, d — shaklida beriladi.

Yaʼni ortiqcha resurslarsiz, shunchaki taqdimotning oʻzida koʻrsatiladi;

3. Toʻgʻri javoblar darhol aytiladi;

4. Bahoga taʼsir qilmaydi, shunchaki takrorlash uchun oʻtkaziladi.

Natija?

8 oydan keyin bolalar bilimi tekshiriladi:

Test qilingan mavzular — 92%

Test qilinmaganlaridan — 79% baholi natija qayd etiladi.

Nega ish berdi?

Faktlar shunchaki qayta oʻqilganda emas, balki oʻquvchi ularni eslashga harakat qilganida yaxshiroq yodda qoladi.

Oʻzimiz uchun xulosa?

Shunchaki qayta-qayta oʻqish oʻrniga oʻzingizni qayta-qayta sinab koʻring. Oddiy savollar bilan boʻlsa ham. Bu — miyangizni faollikka undaydi.

Faol miya faoliyati = mustahkam bilim.

———

Soʻz amali bilan deganlaridek, endi men ham sizni test qilaman.

Oʻqigan matningizni qayta oʻqimagan holda rasmdagi 3 ta testga javob bering.