Yangi ishga kirgan vaqtimda rahbarim – oppoq qogʻoz koʻrsatib, "bu senga ishonib topshirayotgan bolalarimiz, unga nima chizish seni qoʻlingda" - degan edilar.
Xalqimizda ham – ustoz bu oppoq qogʻozga rasm chizuvchi musavvir, degan naqllar yuradi.
Qisman toʻgʻri, lekin men qoʻshilmayman!
Haqiqatan avvallari bolalar uchun asosiy bilim manbai ustozlar edi.
Yaʼni oʻquvchilar – bor maʼlumot-u axborotlarni oʻqituvchidan oʻrgangan. Shu sababli, ularni hurmati baland boʻlgan.
Ammo bugun biz internet axborot zamonida yashayapmiz. Bolalar 2 yoshligidan – Youtube, Google kabi platformalardan axborot olmoqda.
4-5 yosh bola kuniga internet uchun oʻrtacha 2 soat vaqt sarflasa – ushbu oʻsmir 10-12 yoshga toʻlganida = 5000 soatdan oshiq turli manbaalardan axborot olgan hisoblanadi.
5000 soat = 4 yil Universitetda oʻqish bilan barobar
Shu sababli, bugungi kunda ustozlar oppoq qogʻoz bilan emas, baʼzida qalam, baʼzida esa oʻchmas ruchka bilan murosa qilishga majbur
Qogʻozni teshib qoʻymasdan oʻchira olgan yaxshi
Uni toʻgʻirlay olgan zoʻr
Uni oʻchirib qayta chiza olgan buyuk ustozdir!
Xulosa:
1. Bolaga internet qanday rasm chizayotganidan ogoh boʻling
2. Maktabga chizilgan qogʻoz berib, koʻp narsa talab qilmang
©Shaxsiy fikrlarim