1. Hozir telefoni bor odamning ingliz tilini oʻrganishga sharoitim yoʻq deyishga haqqi yoʻq.

2. 2021-yilga qaraganda, 2026-yilda IELTSdan dars oʻtadigan ustozlar sezilarli darajada koʻp.

3. Ustozlar koʻpligi sababli endi oʻquvchilarda solishtirish imkoniyati bor. Shu sababli IELTSdan dars berishda sizning unikal tomoningiz boʻlishi kerak.

4. Qolaversa, endi sertifikatingizning yuqori boʻlishi yetmaydi. Yumshoq koʻnikmalar (soft skills) ham oʻta muhim.

5. Hozirda oʻquvchi oʻzini qiynay olsa va intizomli boʻlsa, bepul materiallar orqali ham katta natijaga erishishi mumkin.

6. Hozirgi Z va Alpha avlodining aksariyatida iroda sust. Shuning uchun yaxshi motivatsiya bera oladigan, ragʻbatlantirish va jazo tizimlaridan toʻgʻri foydalana oladigan, bolalar bilan ishlay oldigan ustoz talabgir boʻlsa kerak.

7. Sunʼiy intellekt pichoq kabi ham foyda ham zararga ishlamoqda. Oʻqituvchilar koʻchirmakashlikning zararlarini bolaga yetqaza olishi kerak.

8. Texnologiya, sunʼiy intellekt zamonida oʻqituvchilar miya ishlashi, maʼlumotni eslab qolish jarayonlari — umuman olganda oʻrganish uslublarini oʻrganishi yanada muhim. Koʻpchilik “passive learning illusion”ga uchramoqda...

Shaxsiy xulosalarim.