Kuni kecha ustozlar kesatiqlari boʻyicha post joylagandim. Toʻgʻrisi izohlarni koʻrib miriqib kuldim:
Oʻzbek xalqi ijodkor xalqda.)
Quyida 15 ta eng saralangan kesatiqlar roʻyxatini ulashaman:
1. — Ustoz, Alisher bilan Rustam darsdan qochishdi.
— Meni oʻylashibdida
2. Aqlligimni hamma bilib qolmasin deb atay testda kam ishlagansiz aa?
3. Men oʻzimni darsim bilan sizlarni suhbatilarga xalaqit berayotganim uchun uzur🙂
4. — Ustoz, daftarimni bu beti toʻlib qoldi, keyingi betiga oʻtaveraymi?
— Yoʻq, bolajonim partaga yozib ketavering😌
Oʻtasanda keyingi betga shuniyam soʻraydimi..
5. Bu daftarga chumolini siyohga botirib qoʻyvorganmisan?
6. Telefoniga qarab oʻtirsa, "shu umr yoʻldoshingga ham dam ber 24 soat senga xizmat qilib charchab ketdi".
7. Iltimos, derazani yopib qoʻyinglar. Koʻchadagilarni bezovta qilyapmiz.
8. Devorga gapirishni yaxshi koʻramanda oʻzi..
9. Kelajakda oʻqituvchi boʻlishgin oʻzlaringga oʻxshagan oʻquvchilaring boʻlsin deyman 😂
Boshqa ustozdan izoh:
Man shunaqa deb koʻrganman
— Ustoz sizni ham ustoziz shunaqa qargʻaganmilar. Bizdaqa oʻquvchilarga duch keldiz deyishgan 😅
10. — yoʻq... Javohir uxlamayapti..
Javohir, shunchaki koʻzlarini yumib tafakkur qilyapti... 😎
11. Ustoz,menga necha baho?
— Sen bebahosanku
12. Dars qilmasangiz buviylarni duosi ijobat boʻlsin. IELTSʼdan ham 5 olilar ))
13. Modadan qolgan bahonadan koʻra tesha tegmagan, svejiy yolgʻonlardan aytsangiz boʻlmaydimi deyman.😁
14. Daftarning ustiga "umumiy daftar" deb yozib qoʻyilgani hamma fandan umumiy bitta tutsa boʻladi degani emas.
15. — Menga 5 qoʻyib bera olasizmi?
— 100 ballik tizimda boʻlsa mayli.
Sizga qaysi kesatiq yoqdi?