Kimdir institutni 22 yoshida tugatadi, lekin yana 3 yilini ish izlashga sarflashi mumkin.
Kimdir 25 yoshida muvaffaqiyatga erishib, biror joyda direktor boʻlishi va 40 yoshida vafot etishi mumkin.
Kimdir 50 yoshda rahbar boʻladi va 90 yoshgacha yashaydi.
Kimdir 32 yoshga toʻlib hali ham boʻydoq, kimdir esa 26 yoshda farzandli boʻlgan va endi ajrashishga tayyorlanmoqda.
Makron 36 yoshida prezident boʻlgan, Robert Mugabe esa 63 yoshida.
Shumaxer 25 yoshida chempion edi, Nino Farino oʻzining poygadagi ilk titulini 44 yoshida qoʻlga kiritgan.
Uorren Baffet 56 yoshiga kelib milliarder boʻldi, Sukerberg esa 23 yoshida.
Kayli Jenner 21 yoshida eng yosh ayol milliarderga aylangan, koʻplab yosh yigitlarni ortda qoldirib.
Mashhur irland pivosi muallifi Artur Ginnesning 56 yoshida 21 ta farzandi boʻlgan. Jorj Kluni 55 yoshga kirib ota boʻlgan.
Oʻziga xos poyga boʻlgan bu hayotda har kim oʻz yoʻlida, oʻz vaqt mintaqasida yuguradi.
Olam koʻp qirralik va noaniqlik ustida qurilgan.
Vaqt — bu farq.
Oʻylab koʻrsak, bu dunyodagi hamma narsa nisbiylik nazariyasiga ega. Ayrim doʻstlaringiz sizdan oldinda, kimlardir esa orqada. Hammasi tabiiy.
Har bir insonning oʻz soat mintaqasida oʻz masofasi bor. Hasad qilmang, qiyoslang — ular oʻz mintaqasida, siz esa oʻzingiznikida.
Hayot bu oʻz lahzangizni, oʻz startingizni kutish va u sari harakatlanib borish demakdir. Kutmoq va umid qilmoq kerak!
Siz kechikmaysiz!
Siz erta ham boshlamaysiz!
Siz oʻz vaqtingizdasiz!
Stanislav Yarosheneo