Hamma kunlar ham rejadek ketmaydi.

Bir kun hamma seni hurmat qilib, koʻkka koʻtaradi.

Ertasi kuni aynan oʻsha insonlar seni yerga urayotganini koʻrasan.

Boshida gʻalati tuyuladi — "Nima xato qilib qoʻydim?", deb oʻzingni yemirasan.

Ammo vaqt oʻtishi bilan bu — hayot qonuni ekanligini anglab yetasan.

Hayotimiz past-balandliklar, oʻziga xos chiqib-tushishlardan iborat.

Murakkab mavjudotmiz. Hamma kunimiz ideal boʻlolmaydi:

Bir safar qiyinchilik bilan sinalsak, boshqa safar yengillik bilan.

Xullas, nima demoqchiman?

Odamlar seni osmonga koʻtarsa, gʻururlanma! Yerga choʻkishing bor..

Xuddi shu kabi

Seni mensimay, xorlayotgan boʻlishsa — tushkunlikka tushma!

Bir xor boʻlgan bir hur boʻladi!