Iqtisod nuqtai-nazaridan kommunizm oʻta samarasiz tizim hisoblanadi

Bunda davlat barcha moliyaviy masalalarni oʻzi hal qiladi, fuqarolariga erkinlik bermaydi

Qolaversa, barcha xarajatlar davlat puli hisobidan yopiladi va shu sababli byudjet tezda tugaydi

Bundan tashqari, samarasiz korxonalar xatolarga yoʻl qoʻyib, oʻz kamchiliklarini davlat hisobidan yopib turadi

Natijada — korxonalar oʻz xatolari ustida ishlamaydi va rivojlanmaydi

Yetmaganidek, korxonalar oʻzini bechora koʻrsatish bilan boqimandaga aylanib oladi

Ushbu tizimni nafaqat davlat miqyosida balki oilalarimizda ham koʻrishimiz mumkin

Ota-ona farzandini yosh bolaligini roʻkach qilib barcha moliyaviy masalalarini oʻzi hal qiladi

Natijada bolada moliyaviy savodxonlik koʻnikmalari rivojlanmay qoladi

Eng yomoni, baʼzi oilalar farzandi nima hunar koʻrsatsa ham uni yopib turadi

Masalan, ayrim oilalarda farzand kredit olib, uni toʻlay olmasa, albatta, uni yopib turuvchi ota-onasi yokida «qahramon» amakisi boʻladi

Farzand esa "baribir muammoyimni hal qilib berishadi" - deb, oʻzgarmaydi. Xatolari ustida ishlamaydi.

Giyohvandlik, tabletkalar, qimorga ruju qoʻygan yoshlar oilasida ham aynan shu odatni guvohi boʻlishimiz mumkin

Xulosa:

1. Bolani yoshligida qoʻliga pul berib, uni moliyaviy savodxonligini oshirish kerak;

2. Farzandingiz xato qildimi — oʻzi javob bersin, aks holda u hech qachon oʻzgarmaydi.

Postni yaqinlaringizga ulashing!