— Singling bilan urushishni bas qil, bor darsingni qil
— Bizga xalaqit beryapsan, bor kitobingni oʻqi
— Charchaganda koʻp boshimni qotirma, tur ibodatlaringi bajar
Yuqoridagi bolalarga qilingan munosabatlardagi xatolik — foydali mashgʻulotlarni jazo bilan bogʻlash
Natijada, bolada dars qilish, kitob oʻqish, ibodat qilish salbiy xotiralar bilan eslanib qolinadi
Oqibatda, ishlarni keyinga surish — «prokrastinatsiya» vujudga keladi
«Prokrastinatsiya» bu — dangasalik emas, salbiy hissiyotni his qilishni oldini olish hisoblanadi
Ishlarni davomiy ortga surgan bola, vazifalarni oʻz vaqtida bajarmagani uchun yana salbiy munosabatga duch keladi
Endi bola uchun dars qilish — stressli, yoqimsiz holatga aylanib boradi
Shu bilan uning dars qilishga boʻlgan ragʻbati soʻnib boradi va dangasaga aylanadi
Toza fitrat bilan tugʻilgan bolaning «shoʻr» peshonasiga endi «dangasa» degan tamgʻa urilib, umri davomida qiyinchiliklarga duch keladi
Qissadan hissa
— Dars qilishni salbiy hissiyotga bogʻlab qoʻymang
— Mehnat qilgan bolani ragʻbatlantirib turishni unutmang
P.S: Postda muallifning shaxsiy fikrlari va dangasalikning baʼzi bir sabablari aytib oʻtilgan.
Dars qilish, kitob oʻqishni istamaslik juda katta mavzu boʻlib, turli oilalarda turlicha muammolar mavjuddir.