C. Dweck — «Mindset» kitobidan olingan ayrim xulosalar
Mavzuni tushunish uchun 1-qismini oʻqib chiqishingiz tavsiya qilinadi
«FIxed Mindset» turidagi insonlar — xato qilmaganlaridagina oʻzlarini aqlli his qilishadi
«Growth Mindset» esa — qiyin sinovlarga tushib, oldin qila olmagan ishlarini qilishganda rohatlanishadi
Fixed Mindset — turidagi oʻquvchilar uchun yaxshi baho olish aql bovar qilmas darajadagi muhim ish sanaladi
Sababi ular nazdida inson oʻzgarmaydi va hozirgi olgan bahosi uning nafaqat hozirgi, balki butun umrlik qiymatini belgilab beradi
Bundan tashqari, fixed turidagi insonlar oʻzlarini oʻzgacha va boshqalardan ustunroq koʻradilar. Va bu ustunliklari tasdigʻini — insonlar maqtovi, "like" yoki izohlardan olishadi
Buni aksi oʻlaroq, growth fikrlovchi — Maykl Jordan misoliga eʼtibor qarating:
Insonlar uni «Superman», "Inson koʻrinishidagi xudo" kabi taʼriflar bilan maqtashadi, ammo bunga javob tariqasida Jordan:
"Odamlar meni maqtashadi — bu meni asabimga tegadi. Men hamma qatori oddiy odamman!"
Chunki Jordan tugʻma talant emas, barcha narsaga qattiq mehnat bilan erishib boʻlishiga ishonardi. Va u bu yutuqlariga qancha ter toʻkib erishganini oʻzi juda yaxshi bilar edi.
Hattoki «Growth Mindset» insonlar ham muvaffaqiyatsizlikni ogʻriq bilan qabul qilishadi, ammo bu muammodan chiqib ketishlariga ishonishadi
«Fixed Mindset» turidagi insonlar xatolari ustida ishlab emas, ulardanda kattaroq xato qilgan insonlarga qarab — oʻzlarini xotirjam his qilishadi
Imtihon javoblarini koʻrish boʻyicha — oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra:
Growth fikrlovchi talabalar — oʻzlaridan yaxshiroq natija koʻrsatganlarga;
Fixed Mindset esa — eng yomon natija koʻrsatganlarga eʼtibor qaratishadi
Shu bilan birga fixed fikrlovchi oʻquvchilar — xatolariga davomiy bahona topib, boshqalarni ayblashga moyil boʻladi
Nima uchun maddohlarning ishi besh?