Jamiyatshunos — Jorj Kelling “Singan oynalar" deb nomlangan nazariyaga asos soladi.

Bunga koʻra — agar qanaqadir imorat yoki uyda derazaning bitta koʻzi singanida, unga darhol oyna qoʻyilmasa, bora-bora oynalarning hammasi sinib ketadi.

Kundalik hayotda ham “Singan oynalar nazariyasi”ga koʻp duch kelamiz:

— Qayergadir axlat solingan birinchi xalta tashlangan boʻlsa, tez orada u yerda axlat uyumi paydo boʻladi;

— Nomaqbul joyga yopishtirilgan eʼlon oʻz vaqtida olib tashlanmasa, uning yoniga oʻnlab boshqalari yopishtiriladi;

— Devordagi birinchi yozuv oʻz vaqtida boʻyab tashlanmasa, boshqa bir talay yozuvlar paydo boʻladi;

Xulosa — agar oʻquvchilardagi kichik tartib buzishlar jazosiz qolsa, ular sinf qoidalariga nisbatan hurmatsizlikka va tartibsizlik oʻsishiga olib keladi.

Yaʼni — jim oʻtirgan talabalar boshqalar buning uchun jazosiz qolayotganini koʻrsa, ular ham qoidalarni buzishni boshlaydi.

Natijada sinf boshqaruvida yanada kattaroq muammolar vujudga keladi.

Shunday ekan, oʻquvchilaringizda kuzatilayotgan kichik kamchiliklarni darhol tuzating.

"Xudo insof berib qolar" kabi jumlalar halokat bilan tugamasin tagʻin..