Ideal emas lekin:

Yigʻilib turgan bir talay ish, yangi ishxonaga koʻnikib ketishni oʻylash — gʻam-qaygʻu olib kelyapti.

Ikkinchi muammo — charchoq. Issiq havo odamni lanj qilyapti. Energiya yoʻq. Koʻp joylarga borolmayapman.

Qachon mukammal dam olarkinman-a?

— Jannatda!

Ular: «Bizdan gʻam-qaygʻuni ketkazgan Allohga hamdu sano boʻlsin. Albatta, Robbimiz oʻta magʻfiratli va Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi)dir», – derlar.

U zot bizlarni Oʻz fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u yerda bizga charchoq ham yetmas, horgʻinlik ham yetmas.

Fotir surasi 34/35