Xususiy maktabga ishga kirayotgan oʻqituvchilarga aniq kelishib olishi kerak boʻlgan 8 ta eng muhim jihatlar:

1. Asoschining oʻzi asosiy fondagi odam boʻlsa fikrlarini chetdan ham eshitish imkoningiz bor. Bu bilan qiziqing va qadriyatlaringiz oʻxshash boʻlsin.

2. Maktab prioritetlarida nima yuqoriligini soʻrang. Natija, tarbiya, oʻquvchi soni(biznes) va hkz. Qadiryatlar shu joyida toʻqnashadi. Mos tushmasa uzoq ishlay olmaysiz.

3. Sarflagan vaqtingizga qarab emas oʻtayotgan dars soatingizga qarab maoshni kelishing. Aks holda zimmangizdan tashqari ishlar yuklab qoʻyiladi.

4. Oʻqituvchiga 1 ta dars uchun toʻlanayotgan oʻrtacha maosh oʻquvchi toʻlayotgan oylik toʻlovning 1.8–2.4% ini tashkil qiladi. Tajribangiz va berayotgan qiymatingizga qarab yuqoriroq soʻrayvering.

5. Agar toʻliq dars(40 soat) olmasangiz darslaringiz orasida boʻsh vaqt(akno)larni qoʻymasliklarini soʻrang.

6. Dars soati boʻyicha hisoblashilganda baʼzi oylarda maoshingiz 30-40% kam chiqadigan oylar bor (yanvar va mart). Shu oylarda maoshni boshqacha hisoblanishini soʻrang.

7. Maoshingiz qaysi kunda berilishini aniq kelishib oling. Eski xodimlardan tanishlar boʻlsa ulardan ham soʻrab qoʻying. Yopilmagan moliyaviy ehtiyojlar darslaringiz sifatiga taʼsir qiladi.

8. Yil yakunidagi taʼtil pullarini ham aniq kelishib oling. Bu oʻrtacha soʻngi oyning 50-100% gacha toʻlanadi. Agar kelishuv qilmasangiz berilmay qolsa yozda kamida 2 oy ishsiz boʻlganda qiynalasiz.

Kelishuvni boshidan mukammal qiling. Shunda yil davomida fokusingiz kompaniya bilan bogʻliq muammolarga emas oʻquvchilarni rivojlantirishga qaratilgan boʻladi.

P.s

Bular men vaqtida eʼtibor bermaganim uchun afsuslangan va amal qilib foyda topgan qoidalarim. Sizda yana qandaydir maslahatlar boʻlsa izohlarda kutamiz)

Post muallifi: @javokhir_toshpulatov