Koʻpchilik uchun omad — osmonda uchib yuruvchi mavhum bir tushuncha

Ammo omadning ham sababiyat kaliti borligidan xabaring bormidi?

Kel, senga hozir toʻrt xil omad turi haqida gapirib beraman:

1. Tasodifiy omad. Darhaqiqat — "osmonda uchuvchi" omad turi bor. Ammo uchrash ehtimoli juda kam boʻlib, oʻz xohishing bilan boshqara olmaysan. Masalan: lotoreya oʻyini.

2. Qattiq mehnat omadi. Bunda sen tinmay harakat qilasan, izlanasan, tirishasan natijada imkoniyatlaring kengayib, omad kelishi ehtimoli oshadi. Masalan, til oʻrganish, koʻp loyihalar bajarib koʻrish, biznes, blog.

3. Omadni his qilish. Yetarlicha mehnat qilganingdan soʻng oʻz sohangda tajribang oshadi, mutaxassisga aylanasan. Shunda omad qayerlarda yurishini, qachon va qay holatda kelishin farosat koʻzi bilan koʻra boshlaysan.

4. Omad oʻzi seni quvlaydi. Bu bosqichda, sen dunyodagi oʻta noyob koʻnikmaga ega inson boʻlishing talab qilinadi. Aytaylik, sen saraton kasalligini davolovchi yagona mutaxassisga aylanding. Shunda dunyodagi barcha saratonga chalingan — Prezidentlar, taniqli insonlar, xullas, barcha seni oʻzi izlab keladi.

Xulosa

Omad kelmaydi, olib kelasan kerak boʻlsa..

P.s: Postni yaqinlarga ulashib qoʻy, meni ham omadim kelib kanalimda odamim koʻpayib ketarmidi..😉

Fikrlar «Almanack» asosida yozildi.