Yosh avlodning masʼuliyatsizligi va katta boʻlsada yosh bolalardek ota-onaga qaramligi sabablaridan biri — sunʼiy ravishda bolalik davrining choʻzilishi.
Quyida sunʼiy bolalik davrining choʻzilishining ayrim sabablarini koʻrib chiqamiz:
1. Taʼlim. 19-asrdan boshlangan maktab va oliy taʼlim tizimi oʻrtacha 25 yoshgacha boʻlgan bolalarni band qiladi. Bu davrda «bolalar» allaqachon yigitga aylangan boʻlsada, maktab bolasi tamgʻasi bilan yurishga majbur.
2. Yashash tarzining qimmatlashuvi. Ilgari bobolarimiz paxsadan uy qurib, uylanib ketaverishgan. Hozir esa xonadon olish koʻp yillik mehnat talab qiladi. Natijada, bola uzoq vaqt ota-onasi bilan yashashga majbur boʻlib, mustaqil boʻlishiga xalaqit beradi.
3. Media xabarlari rivojlanishi. Otalar-onalar "falonchi joyda bola oʻgʻirlanibdi", "falonchi maktab bolasi avtohalokatga uchrabdi" kabi vahima xabarlarni oʻqib, cheklovlarni kuchaytirishi.
4. Nikohning kechikishi. Bozor iqtisodiyoti — qattiq va uzoq mehnat talab qilmoqda. Bu esa oʻsmirlar turmushini kechiktirib, masʼuliyat olinishini keyinga surmoqda.
20-asrdan boshlangan kattalarga yosh boladay muomala qilish (infantilizing) urfi oʻsmirlik inqiroziga sababchi boʻlayotganini ham yozib oʻtgan edim.
Xulosa
Oʻzimiz muhitni buzib qoʻyib, hadeb yoshlarni ayblayvermaylik..