Koʻpchilik hayotda ahmoqqa mazza deb hisoblaydi.
Sababi, ahmoqning baxti — arzon. U muzqaymoq yeb ham baxtli yashayveradi.
Uni kutayotgan qiyinchiliklardan bexabar — hayotdan mamnun.
Aqlliga — qiyin.
Inson aqllilashar ekan — haqiqatlarni koʻrishni boshlaydi:
Kim u bilan puli uchun doʻst, kim unga hasad qiladi, uni qanday xavf-xatar kutyapti, qachon dollar oshadi va hokazo.
Bilimi unga xotirjamlik bermay, baxtli yashashiga yoʻl qoʻymaydi.
Yuqoridagi mulohazalar qisman toʻgʻri, lekin men qoʻshilmayman.
Chunki haqiqiy aqlli inson:
- oʻzining zaifligini;
- qismat oldida naqadar ojizligini;
- barcha narsa baribir Allohga borib taqalishini anglab yetadi.
Anglar ekan — Robbisini taniydi.
Tanir ekan — oʻzini unga topshiradi.
Topshirar ekan — xotirjam boʻladi.
Xotirjam ekan — baxtli yashaydi.
Xulosa
Ahmoq boʻlma, chala aqlli ham boʻlma, chinakam aqlli boʻl.