Fanda "Pirr gʻalabasi" (Pyrrhic victory) degan ibora bor:

Epir podshosi Pirrning — Rim ustidan qozongan gʻalabasidan keyin paydo boʻlgan.

Pirr yutgan edi ammo katta talafotlar evaziga.

Xullas, "Pirr gʻalabasi":

Katta yoqotish evaziga erishilgan gʻalabaga aytiladi.

Yoqotishlar shu darajada kattaki = magʻlubiyat bilan teng:

1812-yildagi Napoleon va Rossiya urushini ham misol qilsak boʻladi.

Napoleon gʻalaba qozonadi. Lekin Rossiyaning qahraton qishidan 30.000 dan ortiq frantsuz askarlari oʻlib ketadi.

Qoʻshin zaiflashib, chekinishga majbur boʻladi:

Gʻalaba = magʻlubiyat.

Eʼtibor berganmisiz?

Biz oʻqituvchilar odatda oʻquvchilar bilan janjallashganda — "Pirr gʻalabasi" orqali gʻalaba qozonamiz:

Oʻchir ovozingni!

Oʻtir ikki!

Otangga qoʻngʻiroq qilaman!

Gap qaytarma!

Bolani ovozini oʻchirib, oʻzimizni chempionlardek xis qilamiz.

Unutamizki:

Bu gʻalabaga — hurmat, ishonch, doʻstlik rishtalarini vayron qilish orqali erishamiz.

Foydasi — zaradidan-da koʻp:

Qisqa muddatda gʻalaba qildik, uzoq muddatda oʻquvchini yoqotdik..

Nima qilish kerak?

Oʻquvchini janjalda yutmang!

Yutqazmang ham!

Yutqazib bermang ham..

Janjalgacha olib bormang!

Qanday qilamiz?

Keyingi postlarimizda yozib qoldiramiz, inshaAlloh.