Amerika 1919-yilda alkogolni keskin taʼqiqlovchi qonun qabul qiladi:
— Ichish;
— Sotish;
— AQSHga olib kirish qatʼiyan man etiladi.
Islohot uchun oʻrnatilgan qonun teskari natija beradi:
1. Odamlar uyida qoʻlbola mast qiluvchi ichimliklar tayyorlashni boshlashadi. Talabga javob bermaydigan bu ichimliklardan koʻplab insonlar zaharlanib oʻladi;
2. Kanada va Meksikadan noqonuniy yoʻllar bilan aroq olib kirish — kontrabanda kuchayib ketadi. Qora bozorlar koʻpayadi;
3. Alkogolga talabni koʻrgan — mafialar bor eʼtiborini noqonuniy spirtli ichimliklar biznesiga qaratadi. Katta daromad koʻradi;
4. Fuqarolar esa davlatdan norozi.
Amerika xato qilgan edi:
Insonlarni oʻzgartirmasdan turib, qatʼiy jazo va taʼqiqlar joriy qilish — ish bermaydi.
1933-yilda qonunni bekor qiladi.
Balki shu sababli ham Islom mast qiluvchi ichimlikni 3 bosqichda yoʻq qilgandir..
Biz jamiyat qon-qoniga singib ketgan muammolarni osonlikcha hal qilmoqchi boʻlamiz:
— Korruptsiyani qanday yoʻq qilsak boʻladi?
— Pora olganga oʻlim jazosi tayinlaymiz, tamom vassalom!
Shu kabi sayoz fikrlaydiganlar uchun Monteskening zoʻr gapi bor:
“Agar korruptsiyaga oʻlim jazosi belgilansa, odamlar oʻsha jazodan qochish uchun ham pora beradi".
Farzand tarbiyasida ham shunday:
Bola 20 ga chiqqunigacha tarbiyasi bilan hech kim qiziqmaydi. Endi suyagi qotganida birdan keskin cheklovlar bilan bolani tarbiyalamoqchi boʻlamiz.
Xullas, nima demoqchiman?
Muammolar — murakkab:
Keskin va tezkor choralardan koʻra, ongli va izchil yondashuv samaraliroq boʻladi!