Real Madrid jamoasining Benzema degan futbolchisi bor edi. Qovun tushiruvchi sportchi deyishardi:

Koʻp vaziyatda gol urolmasdi. 10 yillar davomida tinmay muxlislar tanqidiga uchragan.

Birdan Real Madridni yulduz futbolchilar tark etdi. Liderlik Benzemaga oʻtdi.

Birdaniga uning oʻyini ochilib ketdi. 3 ta oʻyin ketma-ket gollari bilan jamoani magʻlubiyatdan saqlab qoldi.

Real Madrid chempion. Benzema esa oltin toʻpni oldi. Super yutuq!

U dahoga aylandi. Kechagina tanqid qilayotganlar uning futbolkalarini faxrlanib kiyishni boshlashdi.

Oʻtmish unutildi. Muxlislarning ovozi oʻchdi..

Menda ham shunga oʻxshash stsenariy boʻlgandi:

Yillab qarindoshlar tanqidiga uchragandim.

Oʻqishga grand kirdim. Shu zahoti oʻsha qarindoshlar uchun "oʻqimishli jiyan"ga aylangandim..

Xullas, nima demoqchiman?

Jamiyat seni tinmay tanqid qiladi. Siqilma!

Yechimi oddiy:

Natija koʻrsat, ovozi oʻchadi!