Avval qandaydir sovuq edim. Bolalarni erkalay olmasdim, erish tuyulardi.

Yuzlarini bujmaytirib, ovozini mayin qilib, bolasini erkalayotgan otalarni koʻrsam, “detskiy ponyatka” deb oʻylardim.

Bir kuni rahbarimiz 1 yoshli shirin farzandini olib kelib, “bolamni erkala” qabilida qoʻlimga berganda, oʻzimni majburlab erkalagan edim. Ular sezishmadi, lekin rol oʻynash juda qiyin boʻlgandi…

Sovuqligimdan qoʻrqardim. “Ertaga farzandli boʻlsam, nima qilaman?” deb xavotir olardim.

Qayerda…

Oʻzim ham farzandli boʻldim. Birdan instinkt paydo boʻldi. Ichim mehrga toʻldi.

Bozor oʻrtasida ham yuzlarimni bujmaytirib, erkalay oladigan boʻlib qoldim.

Nafaqat oʻzimning, balki boshqa bolalarga ham iliqlik uygʻondi.

Xullas, nima demoqchiman?

Otalik instinkti keyin kelarkan…