Yuqoridagi diagrammaga koʻra, bolalarning savol berish qobiliyati eng yuqori darajada 3–5 yosh oraligʻida namoyon boʻladi.
Taxminan 100% ga yaqin bolalar aynan savol soʻrash orqali bilim oladi.
Bu yoshda bola juda qiziquvchan boʻladi — dunyoni oʻrganishga boʻlgan ehtiyoji va ishtiyoqi baland boʻladi.
Garvard professori Pol Xarrisning taʼkidlashicha, 2–5 yoshdagi bola taxminan 40 000 ta savol beradi:
Dastlab “Bu nima?” degan sodda savollardan boshlaydi, keyinroq esa:
— “Nega bunday?”,
— “Qanday qilib?”,
— “Agar shunday boʻlsa-chi?” kabi murakkabroq savollarga oʻtadi.
Chunki bu davrda bola miyasi intensiv rivojlanadi.
Unda taxminan 1 kvadrillion (1,000 trillion) neyron bogʻlanmalari (sinapslar) paydo boʻladi.
Neyronlar orasida qancha koʻp bogʻlama boʻlsa, bolada yangi maʼlumotga boʻlgan chanqoqlik shunchalik kuchli boʻladi.
Jarayon tahminan shunday kechadi:
Savol beradi → Javob oladi → Yangi maʼlumot hosil boʻladi → Ushbu maʼlumotni bogʻlash uchun yana savol beradi → Yana javob oladi...
Masalan:
— “Dada, nega oy kunduzda koʻrinmaydi?”
— “Chunki quyosh nuri oy nuridan kuchliroq.”
— “Quyosh qayerdan keladi?”
— “Quyosh — nur sochuvchi katta yulduz.”
— “Unda nega kechasi qorongʻi?”
...
Jarayon davom etadi. Ana shunga “qiziquvchanlik” deyiladi.
Hoʻp, bolalar tabiiy qiziquvchan ekan, nega biznikilar unday emas?
Asosiy sabab — biz kattalar ularning savollariga javob berishga intilmaymiz:
— “Boshimni qotirma!”
— “Hali yosh bolasan!”
— “Shunchaki, shunday yaratilgan. Tamom!”
— “Hozir bandman!”.
Kabi javoblar bilan biz bolaning tabiiy qiziquvchanligiga bolta uramiz. Savol bermay qoʻyadi. Sinaptik bogʻlanmalar shakllanmaydi. Qiziqishi soʻnadi:
Rad javob + Savol soʻramaslik = Qiziqmaslik, loqaydlik.
Biz keyin malomat qilamiz:
“Bolam telefondan bosh koʻtarmaydi, hech narsaga qiziqmaydi!”
Aslida aybdor — telefon biz oʻzimiz edik.
Xulosa:
Bolalarning savol soʻrashiga bepisand qaramang.
Izlaning. Javob toping:
Eng kamida “bilmayman, birga aniqlaylik” deb birgalikda oʻrganing!