Kiyiklar begunoh oʻtxoʻr jonivor.

Boʻrilar esa vahshiy qonxoʻr hayvon:

Boʻrilar — dushman. Kiyiklar — doʻst, deyilardi 100 yil avval.

Shu fikrlash bilan — 1926-yili «Yellowstone» oʻrmonida xodimlar barcha boʻrilarni qirib tashlaydi.

Maqsad: dushman boʻrilarni kamaytirib — kiyiklarni koʻpaytirish.

Boʻrilarsiz hayot dahshatli falokat olib keladi.

Oʻrmon ekologik muvozanati ishdan chiqadi:

Kiyiklar haddan ziyod koʻpayib, kichik nihol va oʻtlarni yeb tugatadi.

Kiyiklar koʻpayishda davom etib — 20,000 dan oshib ketadi.

Xodimlar — chorasiz.

Hukumat boʻrilarni yoʻq qilish katta xatoligini tushunib yetadi:

1995-yilda Kanada oʻrmonlaridan boʻrilar tutilib, Yellowstone hududiga qayta olib kelinadi.

Hayotimizda ham bizga salbiy koʻrinadigan "qonxoʻr boʻrilar" bor:

Goʻshtimizni yeydi, azoblaydi, qoʻrqitadi.

Hayotingizda shundaylar bormi? siqilmang, behikmat emas!

Ular, aslida, bizni shaxs sifatida rivojlantirayotgan boʻladi.

Ularni qadrlash kerak.

Oʻtkir Hoshimov aytganidek:

Yomonlarni ehtiyot qiling! Yomon yoʻq boʻlsa, yaxshining qadri bilinmay qoladi!