Insonga xush keladigan — kutilmagan maqtov, harakat va hadyalar oʻquvchilarning ilm olish jarayoniga ijobiy hissa qoʻshadi.
Sababi: kutilmagan sovgʻalar bolalar miyasida dofamin gormoni ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi.
Baxt gormoni — dofamin nafaqat oʻquvchilarning oʻzini yaxshi his qilishiga, balki miyadagi axborot neyronlarining tezroq bogʻlanishiga ham sababchi boʻladi.
Neyronlarda bogʻlam hosil boʻlishi = kalla yaxshiroq ishlaydi degani.
Xulosa
Mukofotlab turing — natija yaxshiroq boʻladi.
P.S. Mukofotlash deganda “iPhone 17” olib berish shart emas. Misol uchun, shunchaki “Barakalla” deb qoʻyish ham mukofot!
Foydalandim: Barbara Oakley, “Uncommon Sense Teaching”