"Senlarga maza-da.

Sunʼiy intellekt — Chat-GPT bor:

Shunday yozasanlar javoblarni chiqaradi. Istasalaring ingliz tilida suhbatlashasanlar.

Insholaringni ham darrov tekshirib beradi.

Men IELTSʼga tayyorlangan paytda unday afzalliklar boʻlmasdi:

Soʻzlarni bittalab internetda qidirib chiqardik. Saralashga ancha vaqt ketardi.

Insholarimizni ustoz tekshirib berishini kunlab kutardik.

Tarjima ilovariga bittalab yozib qidirardik.

Eh, oʻsha damlar.."

Dedim-u, kattalarni ham menga aytgan gaplari esimga tushdi:

"Senlarga maza-da.

Internet bor. Xohlagan vaqting ingliz tilida manbaa topasanlar.

Biz esa soatlab kutbxonada navbat kutardik.

Eh, oʻsha damlar.."

Qissadan hissa:

Menam qariyapman shekilli 😅

Qiziq: hozirgi yosh avlod keyingi avlodga nima deb maqtanar ekan-a?