10 yil oldin menga kimdir kelib quyidagilarni aytganida ishonmasdim:

• “Oʻqishga grant bilan kirasan. Hattoki magistraturaga ham grant bilan kirib, oʻqimay tashlab ketasan,” desa — hech qachon ishonmagan boʻlardim.

• “Vaqti kelib matnli blog ochasan. Fikrlaringni 100–200 ta odam oʻqiydi,” desa — aslo ishonmasdim.

• “Oʻqituvchi boʻlasan. Yetmaganidek, oʻqituvchilarga trening ham oʻtasan,” desa — tasavvurimga ham sigʻmasdi.

• “Muhammad YouTube blog ochadi. Oʻqituvchilar bilan podkastlar oladi,” desa — oʻlsam ham ishonmasdim.

• “Maktabing oʻquvchisi Garvardga 100% grant yutadi,” desa — umuman ishonmasdim.

Roʻyxat uzun...

Xullas, nima demoqchiman?

Chegara qoʻymang. Hayot — moʻʼjizalarga toʻla!

Sizga qiyindir balki. Allohga oson...

Siz nimalarga ishonmasdingiz?