2006-yil jahon chempionati finali: Frantsiya Italiyaga qarshi.
Frantsiya sardori – Zidan uchun ikki karra muhim baxs:
1. Jahon chempionati finali;
2. Faoliyatidagi soʻnggi oʻyin.
Oʻyinning oxirida italiyalik futbolchi Zidan bilan tortishib, uning singlisidan soʻkib qoʻyadi.
Zidan shu zahotiyoq, hech ikkilanmay italiyalik futbolchiga kalla qoʻyib agʻdarib qoʻyadi.
Hakamlar unga qizil kartochka beradi:
“Futbolni oyogʻi bilan boshlab, boshi bilan tugatadi”..
Qiziqchi aytganidiy: “Stadioningayam, muxlislaringayam, kubogingayam tupurdim” deb oʻyinni tark etadi.
Zidandek sardorning ketishi Frantsiyaga yomon taʼsir qiladi. Yutqazadi.
Italiya esa jahon chempioni boʻladi.
Eng qizigʻi, chempion Italiya emas, Zidan mashhur boʻlib ketadi.
Uning harakatlari, oʻz tamoyillariga sodiqligi, xarakteri – hamma joyda muhokama qilinardi:
“Kalla qoʻydi” iborasi shundan keyin mashhur boʻlib ketgan boʻlsa ajab emas..
Hozir ham shunday. Italiyaliklar olgan medallar chang bosib yotgan boʻlsa kerak.
Ammo Zidan hurmat bilan eslanadi. Uning shaxsiyati natijadan ustun keldi:
Oʻzini tutishi > Natija.
Qissadan pedagogik xissa:
Biz natijalarga eʼtibor beramiz-u, shaxsiyatimizni unutamiz. Oʻzimizni qanday tutishimizga eʼtibor qaratmaymiz.
Oʻquvchilar faqatgina biz bergan maʼlumotlardan oʻrganadi deb hisoblaymiz.
Aslida, oʻrganishni ikki turga boʻlsak boʻladi:
• Ongli oʻrganish (nima, qachon, qayerda savollariga javob topish) — fakt, maʼlumotlarni oʻzlashtirish.
• Ongsiz oʻrganish (qanday qilishni koʻrish) — oʻzini tutish, odat va koʻnikmalarni oʻrganish. Bu oʻrganish barakaliroqdir.
Yaʼni oʻquvchilar oʻzi bilmagan holda sizning odatlaringizni oʻzlashtiradi:
1. Oʻzingizni qanday tutasiz?
2. Jahlingiz chiqqanida qanday harakat qilasiz?
3. Darsni qanday masʼuliyat bilan oʻtasiz?
4. Tarbiyalash ogʻir boʻlgan bolalar bilan qanday muomala qilasiz?
5. Oʻz vaʼdalaringizda qanday turasiz?
6. Bolalar xato qilsa qay darajada sabr qilasiz?
7. Vaqtingizni qanday boshqarasiz?
8. Boshqa ustozlarga nisbatan hurmatingiz qanday?
9. Ilmga oʻzingiz qanday ragʻbat qilasiz?
10. Gʻiybat boshlanganda qanday yoʻl tutasiz?
Roʻyxat uzun...
Xullas, nima demoqchiman?
Natijalaringiz, faningizni chuqur bilishingiz muhim.
Shaxsiyatiingiz esa undanda muhim:
Amallar soʻzdan koʻra balandroq gapiradi!
P.S: Sarlavhadagi "kalla qoʻy" iborasi majoziy maʼnoda edi. Yana @Ustoz_kundaligi aytdi deb kalla qoʻyib yurmang..