1. Bitta kitob hayotingni oʻzgartiradi — ammo shu kitobni topish uchun sen 10 ta hayotingni oʻzgartirmaydigan kitob oʻqib chiqasan.

2. Bitta yozgan posting minglab odamlar holatini oʻzgartiradi — ammo shu post uchun yuzlab saviyasiz bloglar yozib chiqasan.

3. Senga berilgan qaysidir maslahat hayotingda tub burilish yasaydi — ammo undan avval sen 10 ta befoyda maslahat olgan boʻlasan.

4. Bir ustoz seni tamoman oʻzgartiradi — ammo undan oldin oʻnlab senga taʼsir koʻrsatolmagan oʻqituvchilarni uchratasan.

5. 95% sarmoyalaring oʻzini oqlamaydi — ammo oʻzini oqlagan 5% qolgan 95 foizni oʻrnini yopib ketadi.

6. Yoʻl qoidasida oʻn marta qoida buzib jazolanmay qolishing mumkin — ammo bir kun bu ehtiyotsizlik avtohalokat bilan tugab, barcha oʻntasini yuvib ketadi.

7. Oʻn marta haj amalini bajargan boʻlsang ham — qaysidir bir kichik amaling jannatga kirishingga sababchi boʻlishi mumkin.

Qissadan hissa:

8. Kuyib-pishib yuzlab oʻquvchilarga dars berib, natija koʻrmayotgan boʻlsang — siqilma!

Qaysidir oʻquvching erishgan yutuqlar barcha sarflagan vaqtingni oqlab ketadi!

Hayotimiz bambukka oʻxshaydi — 3-5 yil yer ostida koʻrinmasdan ildiz otib, bir hafta ichida 5-6 metr boʻy koʻtarib yuboradi.

Qoida — ildiz otishdan toʻxtama!

Admin: Mohir Mirzaxmedov