Safar, kasallik, ichki muammolar sababli 10 kun kitob oʻqiy olmadim.
Aksiga olib, kitob oʻqish marafonim ham tugagandi. Jazodan qoʻrqib, oʻqib turardim.
Shu kun ichida oʻzimda quyidagi oʻzgarishlarni sezdim:
1. Yangi fikr, gʻoyalar kelmay qoldi;
2. Ishga, oʻqishga motivatsiyam tushdi;
3. Koʻp stressga tushdim;
4. Samaradorligim tushib ketdi;
5. Kelajakka ishonchim yoʻqoldi;
6. Qalbimda moddiyatga muhabbat oshdi;
7. Blog yozgim kelmay qoldi;
8. Oʻta zerikarli odamga aylandim;
9. Nutqim ravonligini yoʻqotdim;
10. Oʻzimga ishonch tushdi.
Siz ham yuqoridagilarni his qilmoqchimisiz?
10 kun kitob oʻqimang!
Tez orada kitob oʻqish marafonini qayta tashkil qilamiz. Qoʻshiling!