Yopiq kitobxonlar jamiyati haqida kecha xabar bergandim. Izohlarda amaldagi ishtirokchilarimiz oʻz fikrlarini qoldirishdi.
Abdurazzoq oʻz marafonida bir oy davomida 10 ta kitob tugatganini eʼlon qilibdi. Odam koʻrib quvondi.
Endi biz birlashib, siz bilan yangilangan yopiq guruhga start bermoqchimiz:
Marafonga 100 kishigina olishni reja qilyapmiz, xolos. Qabul 36 soat davom etadi.
Maqsadimiz: 30 kun ichida eng kamida 450 sahifa (kuniga kamida 15 sahifa) kitob oʻqish.
Qoidalar:
1. Har kuni kamida 15 bet kitob oʻqish shart!
2. Kitob oʻqigani tasdigʻi oʻlaroq guruhga audio yuborish.
Mukofot qanday?
🎁 Bir oy davomida shartlarni davomiy bajarganlar homiylarimiz tomonidan kitob sovgʻasi bilan taqdirlanadilar.
🎁 Marafon davomida biz tomonimizdan 2 ta ochiq suhbat boʻlib oʻtadi.
Vazifa bajarmasam nima boʻladi?
Vazifa tashlamagan kun 15 ming soʻm sadaqa qilishni oʻzingizga ahd qilasiz.
Savol:
— Kitobni oʻzimiz tanlaymizmi yo umumiy bitta kitob oʻqiymizmi?
Javob:
— Kitob ixtiyoriy tanlanadi. Sabab, hamma oʻziga mos kitob oʻqisagina zavqlanadi!
Bu post orqali roʻyxat ochilganini eʼlon qilyapman. Qabul uchun @abdullaeva1610 ga " + " belgisini yuboring!